«chilonzor tumani» tegli maqolalar


Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2023, 10:23

Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda

Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Sity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi
19 noyabr 2023, 17:37

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi

“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

Toshkentdagi 19 gektar maydondagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya vazirligi
12 iyul 2023, 21:13

Toshkentdagi 19 gektar maydondagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya vazirligi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgach, Toshkentdagi 19 gektar yerdagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Avvalroq bu yerdagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijonga ko‘chirilishi sababli uning o‘rnida zavod qurilishi va daraxtlar kesilishidan xavotirlangan aholi hukumatga murojaat qilgandi.

Sanoat zonasi, gastronomik ko‘cha, xiyobonlar. Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar
7 iyul 2023, 11:05

Sanoat zonasi, gastronomik ko‘cha, xiyobonlar. Chilonzorda rejalashtirilgan loyihalar

Prezident Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 320 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil etish, “Bo‘rijar” kanali qirg‘oqlarini obodonlashtirish va u bo‘ylab gastronomik ko‘cha hamda xiyobon qurish, shuningdek, transformatorlarni o‘rnatish kabi qator loyihalarni tasdiqladi.

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich quriladi
6 iyul 2023, 16:27

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich quriladi

O‘zbekiston prezidenti “muntazam ravishda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish uchun” Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini tasdiqladi.

Toshkentda to‘rt qavatli avariya holatidagi uy aholisi ko‘chirilmoqda
1 iyun 2023, 18:35

Toshkentda to‘rt qavatli avariya holatidagi uy aholisi ko‘chirilmoqda

Poytaxtning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasida joylashgan 32 xonadondan iborat to‘rt qavatli uyda yoriqlar aniqlandi. Undagi 15 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar o‘z qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tmoqda, 17 oila esa vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi
26 oktabr 2022, 16:58

G‘afur G‘ulom bog‘i nomi o‘zgarmaydi — Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘i «Dream Park» nomi bilan qayta ochilganidan so‘ng, uning nomlanishi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tuman hokimi maslahatchisi Botir Rasulov bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinishi va G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qolishini ma’lum qildi.

Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi
22 avgust 2022, 21:19

Toshkentning Chilonzor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Iqtisodiy taraqqiyot vazirining birinchi o‘rinbosari va Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Saidqahhor Xolxo‘jayev poytaxtning Chilonzor tumani hokimi bo‘ldi. Shuningdek, yangi prokuror va tuman IIB boshlig‘i ham tayinlandi.

Chilonzor ko‘chasini toraytirishga qaror qilindi. «Gazeta.uz» loyihani aholi bilan muhokama qilishni taklif etadi
7 avgust 2022, 10:39

Chilonzor ko‘chasini toraytirishga qaror qilindi. «Gazeta.uz» loyihani aholi bilan muhokama qilishni taklif etadi

Toshkent hokimligi Chilonzor ko‘chasi loyihasini qayta ko‘rib chiqib, yo‘laklar sonini 6 tadan 4 taga qisqartirish, ortib qolgan joyni yashil hududga aylantirishga qaror qildi. «Gazeta.uz» shoshmaslik, mutaxassislarni jalb qilish va aholini tinglashni taklif qiladi.

Chilonzorda ko‘chani kengaytirish bahonasida 100 ga yaqin daraxtga shikast yetkazildi
6 avgust 2022, 22:51

Chilonzorda ko‘chani kengaytirish bahonasida 100 ga yaqin daraxtga shikast yetkazildi

Toshkentda ko‘chani kengaytirish va «obodonlashtirish» bo‘yicha qabul qilingan navbatdagi qaror natijasida 100 ga yaqin ko‘p yillik daraxtga zarar yetkazildi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng loyiha qayta ko‘rib chiqildi, ammo ba’zi daraxtlar qurib qolishi mumkin.

Poytaxtdagi Gagarin ko‘chasi va maydonini rekonstruksiya qilish boshlandi
18 fevral 2022, 11:08

Poytaxtdagi Gagarin ko‘chasi va maydonini rekonstruksiya qilish boshlandi

Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu yerda allaqachon yo‘lak plitalari olib tashlangan, uylarning fasadlari yangilanadi, o‘rindiqlar o‘rnatilib, yangi yashil maydonlar barpo etiladi. Gagarin maydoni Madaniy meros agentligidan ruxsat olinganidan keyin ta’mirlanadi.

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi
21 dekabr 2021, 18:02

Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgan ikki fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Fevral oxirida Chilonzordagi «Shovotlandiya» kafesida yong‘in chiqib, buning oqibatida 5 kishi vafot etgandi. JIB Olmazor tuman sudi ushbu jinoyatni sodir etgan 36 va 26 yoshli shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. «Gazeta.uz» jinoyat nima sababdan va qanday sodir etilganini ham aniqlashtirdi.

Chilonzorda 10 noyabrgacha yopilgan yo‘l yana 5 kundan so‘ng ochiladi
11 noyabr 2021, 10:13

Chilonzorda 10 noyabrgacha yopilgan yo‘l yana 5 kundan so‘ng ochiladi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumanidagi Mahmudjon G‘afurov ko‘chasida transport vositalarining harakatlanishi 10 noyabrgacha cheklangani haqida xabar bergandi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari yana 5 kun davom etadi.

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi
4 oktabr 2021, 14:36

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi
4 oktabr 2021, 02:05

Chilonzordagi ko‘p qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi
31 avgust 2021, 13:04

Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMBga boshliq etib tayinlandi

Farhod Jabborov Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi
13 avgust 2021, 11:57

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi

Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkentda 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Uning ota-onasi qaynonasi va kuyovini ayblamoqda
19 iyul 2021, 16:27

Toshkentda 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Uning ota-onasi qaynonasi va kuyovini ayblamoqda

Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli qiz 9-qavatdan tushib ketib, vafot etdi. Bosh prokuratura ayol ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganini ma’lum qildi. Biroq qizning ota-onasi uning o‘limida qaynonasi va kuyovini ayblamoqda. Holat yuzasidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
16 iyun 2021, 22:45

Chilonzor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Mavlyanov Chilonzor hokimi lavozimiga tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting